Raqiblarimiz Tailand, Mo'g'uliston, Birlashgan Arab Amirliklari, Turkmaniston va Eron terma jamoalari bo'ladi.

O‘zbekiston terma jamoasining o‘yinlar taqvimi:

11.03.2023 O'zbekiston - Turkmaniston.
12.03.2023 Eron - O'zbekiston.
14.03.2023 Mo'g'uliston - O'zbekiston.
15.03.2023 O'zbekiston - Tailand.
17.03.2023. BAA – O‘zbekiston.

Jamoamizning barcha uchrashuvlari Toshkent vaqti bilan soat 14.00da boshlanadi.

O‘zbekiston xokkey federatsiyasi va mamlakatimiz xokkey maktablarining uzoq yillik faoliyati o‘zining ilk mevasini bermoqda. O‘zbekiston ilk bor jahon chempionati darajasidagi turnirda ishtirok etmoqda.

Xalqaro xokkey federatsiyasi IIHF.com rasmiy veb-saytida turnir haqida issiq ma'lumotlar mavjud.

Yurt sha'ni uchun kurashayotgan yigitlarimizni qo'llab quvvatlaylik!