Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo va Okeaniya davlatlari o‘rtasidagi o‘smirlar chempionatida ilk uchrashuvini o‘tkazdi. Yosh jamoa Turkmaniston terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, ajoyib natijalar ko‘rsatdi.

Uchrashuvning eng yaxshi xokkeychisi, jamoa sardori Jasurbek Rustamxonov bo'ldi, u birinchi davrda dublni qayd etgan bo'lsa, uchinchi davrda golli uzatmani amalga oshirdi. Ikkinchi davrda Albert Dadaxo'jaev shaybani darvozaga kiritdi. Abduqayum Abduvosiqov hisobni yirik ko‘rinishga olib, g‘alabaga ishonch hosil qildi.

Uchrashuvlarning matnli translyatsiyasini IIHF rasmiy sayti orqali kuzatib borishingiz mumkin.