Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo va Okeaniya davlatlari o‘rtasidagi chempionati doirasida uchinchi uchrashuvini o‘tkazdi.

Musobaqa mezboni Mo‘g‘uliston terma jamoasiga qarshi maydonga tushgan terma jamoamiz yo‘lda 1:2, 2:3 va 3:4 hisoblarida mag‘lub bo‘lib, g‘alabani tortib oldi.

Ushbu o'yinda jamoa sardori Jasurbek Rustamxonov xet-trik qayd etgan bo'lsa, Xusan Rahimov, Abduqayum Abduvosiqov, Temur Bagautdinov va Loren Petrosyan gol urdilar.

Sportchilarimizni yana ikkita uchrashuv kutib turibdi. 15 - martda Tailandga qarshi, 17 - martda Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi. Har ikki uchrashuv ham Toshkent vaqti bilan soat 14:00da boshlanadi. Efirlarni IIHF.COM rasmiy veb-saytida tomosha qilishingiz mumkin

Yangiliklarni kuzatib boring va biz bilan yigitlarni qo'llab-quvvatlang!