Bugun O'zbekiston terma jamoasi Tailand terma jamoasiga qarshi muz maydoniga chiqdi va yana bir bor g'alaba qozondi! Uchrashuv 10:2 hisobda yakunlandi. 

Ushbu bahsda Jasurbek Rustamxonov yana bir bor pokerni, Temur Bagautdinov dublni, Muhammaddiyor G'aniev, Said-Ahmad Rahmatullaev, Loren Petrosyan va Muhammadali Bahodirovlar darvozaga shaybani kiritishdi.

17-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:00da terma jamoamiz Osiyo va Okeaniya chempionatlari doirasidagi so‘nggi beshinchi uchrashuvini o‘tkazadi. Ammo mag‘lubiyatga uchragan taqdirda ham O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha raqiblaridan yuqoriroq bo‘lgani uchun turnir g‘olibiga aylanadi.

Efirni IIHF.COM rasmiy saytida tomosha qilishingiz mumkin.

Yangiliklarni kuzatib boring va biz bilan bo'lajak chempionlarni qo'llab-quvvatlang!