2006 yilda tug'ilgan yosh xokkeychilar Qozog'istonning "eng kuchli" chempionati guruhida ishtirok etishdi.
Toshkentliklarning raqiblari “Astana 1”, “Astana 2”, “Sbornaya 2007”, “Junost” va “Ertis” edi. Turnir yakuniga ko‘ra terma jamoamiz to‘rtinchi o‘rinni egalladi, biroq shuni hisobga olish kerakki, uchinchi bosqich davomida o‘zbekistonlik xokkeychilar “Osiyo bolalari” o‘yinlarida ishtirok etayotgan edilar. Quyida so‘nggi tur o‘yinlari natijalari bilan tanishishingiz mumkin: “Astana-1” – “Tashkent Select” – 12:2. “Junost” – “Tashkent Select” – 4:3 OT. “Tashkent Select” – “Ertis” – 10:5. "Sbornaya 2007" - "Tashkent Select" - 1:3. “Astana-2” – “Tashkent Select” – 4:7.