Hamkorlar va homiylar
Eriell
ERIELL Group — xalqaro neft va gaz xizmat ko‘rsatish kompaniyasi bo‘lib, burg‘ulash, quduqlarni kapital ta’mirlash va loyihalash xizmatlarini ko‘rsatadi. Xolding tarkibiga, shuningdek, energetika, qurilish, logistika, moliya, sog‘liqni saqlash, turizm va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi aktivlar ham kiradi. 2004-yilda tashkil etilgan.
Enter engineering
Enter Engineering — turli darajadagi murakkablikdagi neft-gaz, sanoat va fuqarolik obyektlarini loyihalash, yetkazib berish, qurish va ishga tushirish bo‘yicha to‘liq xizmatlar majmuasini taqdim etadi. 2012-yilda tashkil etilgan.
Legend
Legend — toza ichimlik suvini ishlab chiqaruvchi kompaniya. Assortimentda har xil hajmdagi shisha va plastik qadoqlardagi suvlar mavjud. 2023-yildan beri faoliyat yuritadi.