Bunga qadar Oʻzbekiston xokkey maktablari tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan U18 yoshlar terma jamoasi Osiyo va Okeaniya Kubogida ikki marta g‘olib bo‘lib, hech bir o‘yinda mag‘lubiyatga uchramagan. Turnir 2023-yil mart oyida Ulan-Batorda (Mo‘g‘uliston) va 2024-yil aprel oyida Toshkent hamda Samarqandda (Oʻzbekiston) boʻlib oʻtgan.

 

Jahon chempionatidagi debyut turnirida Oʻzbekiston yoshlari Janubiy Afrika Respublikasi, Lyuksemburg, Turkmaniston, Bosniya va Gersegovina hamda Tailand yosh jamoalariga qarshi maydonga tushishadi.

Turnir taqvimi:

28-fevral, 14:30 — Oʻzbekiston -  Janubiy Afrika Respublikasi
1-mart, 14:30 — Lyuksemburg - Oʻzbekiston
3-mart, 14:30 — Turkmaniston - Oʻzbekiston
4-mart, 11:00 — Oʻzbekiston - Bosniya va Gersegovina
6-mart, 18:00 — Tailand - Oʻzbekiston 

Xalqaro Xokkey Federatsiyasi (IIHF) turnirning so‘nggi uchrashuvi sifatida Tailand va Oʻzbekiston jamoalari o‘rtasidagi bahsni belgilagan, bu esa aynan shu ikki jamoa musobaqaning asosiy favoritlari sifatida ko‘rilayotganini anglatadi.

 

Janubiy Afrika jamoasi autsayder sifatida ko‘rilmoqda, Lyuksemburg esa o‘tgan yilgi turnirni o‘tkazib yuborgan. Qolgan uch raqib esa jiddiy raqobatchi bo‘lishi mumkin.

Biz yoshlarimizga ishonamiz va umid qilamizki, Chexiyada mavsumni o‘tkazgan Jasurbek Rustamxonov va Salohiddin Azimov ishtirokida kuchaygan jamoamiz jahon chempionatida munosib debyut qiladi hamda g‘alaba va yuqori divizionga chiqish uchun kurashadi!