So'nggi uchrashuvda yosh xokkeychilar Qirg`izistonlik raqiblari ustidan g'alaba qozonishdi. Kemerovo viloyatning Novokuznetsk shahridagi “Kuznetskiy muz" muz saroyida bo'lib o'tgan o'yinda O'zbekistonlik yosh xokkeychilarimiz yaxshi tayyorgarlikni namoyish etdi.
"Mamlakatda xokkey va ayniqsa bolalar xokkeyini rivojlantirishiga qaratilgan sa'y-harakatlar o'z samarasini berayotganini ko'rish quvonarli holat. Xokkey nafaqat millionlab muxlislar sevadigan o'yin, balki yosh avlodni eng yaxshi sport an'analarida tarbiyalashdir", - dedi O'zbekiston xokkey Federatsiyasi prezidenti Baxtiyor Fazilov.
Eslatib o‘tamiz, "Osiyo bolalari" musobaqasi O'zbekiston bolalar xokkey jamoasi uchun birinchi chiqishi hisoblanadi.
«Osiyo bolalari» II xalqaro qishki sport o‘yinlari dasturidan chang‘i sporti, tezkor konkida uchish, figurali uchish, xokkey, chang‘ida sakrash, erkin uslub, snoubord, chang‘i sporti va qor voleyboli joy olgan.
Musobaqalarda Belarus, Qozog‘iston, Armaniston, Afq‘oniston, Mo‘g‘uliston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Rossiya va boshq`a mamlakatlardan mingdan ortiq yosh sportchilar ishtirok etgan.