Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo va Okeaniya davlatlari o‘rtasidagi o‘smirlar chempionati doirasidagi ikkinchi o'yinni o‘tkazdi. Terma jamoamiz Eron terma jamoasi bilan to'qnash keldi va 14:1 hisobida g'alaba qozondi!

Jamoa sardori Jasurbek Rustamxonov bu safar poker va uchta golli uzatmani, Albert Dadaxo'jaev xet-trikni va Loren Petrosyan dublni qayd etdi.

Navbatdagi o‘yin 14-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:30da Mo‘g‘uliston terma jamoasiga qarshi o‘tkaziladi.

Uchrashuvning borishini IIHF.COM rasmiy sayti orqali kuzatib borishingiz mumkin