17 - mart kuni O'zbekiston terma jamoasi Osiyo va Okeaniya chempionati doirasida so'nggi o'yinni o'tkazib, 8:1 hisobda g'alaba qozondi!
BAA terma jamoasiga qarshi o'yinda Albert Dadaxojaev xet-trikni qayd etdi, Abdukarim Abduvosikov, Ilya Popov, jamoa sardori Jasurbek Rustamxonov, Timur Kamalov va Said-Axmad Raxmatullayev raqib darvozasiga shaybalar kiritishdi.
Shuni aytib o'tish joizki, o'smirlar terma jamoasi chempionatning har bir o'yinida g'alaba qozonib, faxriy birinchi o'rinni egalladilar!
Chempionlarimizni Toshkentda intiqlik bilan kutib qolamiz!