Shu kunlarda Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar terma jamoalari o‘rtasida Osiyo va Okeaniya chempionati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston U18 terma jamoasi beshta uchrashuvda beshta g‘alabaga erishib, chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston yoshlari Turkmaniston (5:0), Eron (14:1), Mo‘g‘uliston (7:4), Tailand (10:2) bva BAA (8:1) jamoalarini ketma ket mag‘lub etishdi.

Merganlar va to‘purarlar poygasida O‘zbekiston terma jamoasi sardori Jasurbek Rustamxonov ishonchli tarzda peshqadamlik qilmoqda. Beshta uchrashuv natijasida u o'z hisobiga 26 ochko (14 gol va 12 golli uzatma)ni yozdi.

Shu kunlarda O‘zbekiston xokkey federatsiyasi uchun yana bir e’tiborli yangilik sodir bo'ldi. Ushbu xalqaro chempionatda hakamlik qilayotgan David Prokofyevdan keyin 19 yoshli Sergey Yermakov ham xalqaro toifadagi hakamga aylandi!

Aynan Mo'g'ulistonda bo'lib o'tayotgan chempionatda IIHF hakamlikni rivojlantirish bo'limi boshlig'i Joel Xansson O'XF hakamlik bo'limi boshlig'i Vladislav Kiselevga Sergeyning litsenziyasini topshirdi.

Sergey Yermakov ham, xuddi David Prokofyev kabi, Vladislav Kiselev boshchiligidagi O'XF hakamlar maktabining bitiruvchisidir. Mazkur litsenziya O‘zbekiston xokkey federatsiyasining sifatli ishining yana bir xalqaro e’tirofi hisoblanadi.