O'zbekiston chempionatining navbatdagi mavsumi yakunlandi, jamoalar 12tadan o'yin o'tkazdi, endi esa chempionlik uchun kurashni davom ettiradi.


 
Yakunda “Feniks” 19 ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi, ikkinchi o‘rinda “Binokor” - 15 ochko, uchinchi o‘rinda “Semurg‘” - 12 ochko, so‘nggi o‘rinda esa yetti ochko bilan “Sherdor” jamoasi joylashdi.


 
Yarim final juftliklari:
 
   "Feniks" - "Sherdor",

   "Binokor" - "Semurg'".
 
O‘zbekistonning chempionatida 4 ta jamoa – “Binokor” (Toshkent), “Feniks” (Toshkent), “Semurg‘” (Toshkent) va “Sherdor” (Samarqand) jamoalari ishtirok etmoqda. Uchrashuvlar Toshkentdagi “Humo Arena” “Alpomish” arenasida va Samarqanddagi “Ice Arena”da bo'lib o'tmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi chempionati reglamentiga ko‘ra, pley-offning har bir bosqichi bir jamoaning uchta g'alabasiga qadar davom etadi.