Koreyada bo'lib o'tadigan o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida tarixda ilk bor o‘zbekistonlik hakam ishtirok etadi.

David Prokofyev IIHF Xalqaro xokkey federatsiyasidan o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga hakamlik qilish uchun taklif oldi, u 3x3 va 5x5 toifalarida chiziq hakami sifatida ishtirok etadi.

Olimpiya o'yinlari 19 - yanvardan 1 - fevralga qadar Gangvon shahrida bo'lib o'tadi.

Eslatib o‘tamiz, David xalqaro IIHF litsenziyasiga va professional xokkey o‘yinlarida hakamlik qilish tajribasiga ega bo‘lgan o‘zbekistonlik uch hakamdan biri hisoblanadi.