22 - dekabr kuni “Humo Arena”da 23-24-mavsumdagi O‘zbekiston chempionatining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimi harbiy orkestr va taniqli o‘zbek opera xonandasi Xursand Sherovning chiqishlari bilan boshlandi. Xonanda Muslim Magomayevning mashhur qo‘shiqlarini ijro etdi.

 

Ochilish uchrashuvida amaldagi chempion “Feniks” joriy mavsum debyutanti MVSK jamoasi bilan uchrashdi. Armiya terma jamoasi 11:6 hisobida g’alaba qozondi.

 

Uchrashuv ko'plab gollar bilan muhlislarni xursand qildi. Ikkala jamoaning ko'plab o'yinchilari bir vaqtning o'zida bir nechta gol urishdi, dubllar, xet-triklar va hatto pokerni ham qayd etdilar.

 

Urilgan gollar mualliflari:

 

“Feniks”: Denis Kondratyev (4), Dmitriy Dolmatov, Yegor Makeev

 

MVSK: Golubovich Artyom (2), Xayrullin Linar (2), Yuldashev Imronbek, Nuriddinov Nodirbek, Boboev Saidabror, Makarov Dmitriy, Shusterman Oleg, Umarov Otabek, Yermolov Vladislav.

 

O‘zbekiston xokkey Federatsiyasi Bosh kotibi Shukrillo Karimov ta’kidlaganidek, chempionatda nafaqat xokkey faxriylari, balki o‘yin amaliyotiga muhtoj 2008 - yilda tug‘ilgan yosh sportchilar ham qatnashmoqda.

 

Eslatib o'tamiz, O’zRChning joriy mavsumida oltita jamoa ishtirok etadi: “Feniks”, “Binokor”, “Tashkent Select”, MVSK, “Sherdor” (Samarqand) va “Lions”.